Sentyabr, Qozon, kuzgi yomg‘irli oqshom. Aziz yozda kurslarini tugatdi va endi doimiy ish qidiryapti: Toshkentda u besh yil haydovchi bo‘lib ishlagan. Shahar chetidagi yetkazib berish kompaniyasiga haydovchi-ekspeditor kerak ekan! Oshxonada Jasur noutbukda akasiga rezyume yozishga yordam beradi: Aziz kim bo‘lib ishlagan, qaysi tillarni biladi, qanday ko‘nikmalari bor va bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanadi. Rezyume jo‘natildi — va o‘sha kechasi kompaniyadan bo‘lim boshlig‘i Sergey Ivanovich qo‘ng‘iroq qiladi: Azizning tajribasi ularga to‘g‘ri keladi! Ertaga — ish suhbati.