TalkTown

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 17-noyabr, 2026

Kim mas’ul

TalkTown (talktown.uz) — o‘zbek tilida chet tillarini o‘rgatuvchi onlayn platforma: sayt, Android/iOS ilova va @TalkTownAppBot Telegram boti. Ushbu siyosat uchalasiga ham tegishli.

Qanday ma’lumot to‘playmiz

  • Hisob: ism, email, profil rasmi va hisob identifikatori — Google yoki Telegram orqali kirganingizda shu xizmatlardan olinadi. Parol saqlamaymiz.
  • O‘qish: ko‘rilgan darslar va ko‘rish vaqti, mashq natijalari, XP, zanjir (streak), takrorlash jadvali, dars baholari va izohlar.
  • AI suhbatdosh va chatdagi TalkTown AI: siz yozgan xabarlar va javoblar.
  • Chat va gaplashish sherigi: guruh va ikki kishilik chatdagi matn va ovozli xabarlar, reaksiyalar, sherik profili (jins, «o‘zim haqimda»), so‘rovlar, bloklash va shikoyatlar.
  • To‘lov: buyurtma, summa, tarif, holat va to‘lov tizimidagi tranzaksiya raqami. Karta ma’lumotlari bizga kelmaydi — ularni to‘lov tizimi (Multicard, Click, Payme) qayta ishlaydi.
  • Qurilma va texnik: IP manzil va brauzer/qurilma turi (kirish sessiyasi uchun), push-bildirishnoma tokeni (ilovada ruxsat bersangiz), Telegram chat identifikatori (botni ishga tushirsangiz), qaysi havola orqali kelganingiz (UTM belgilari).
  • Saytda Yandex Metrika: tashriflar statistikasi, cookie fayllar va sahifadagi harakatlar yozuvi (Webvisor) — saytni qulayroq qilish uchun.

Mikrofon va ovoz

Gapirish mashqlarida mikrofon faqat siz tugmani bosganingizda yoqiladi. Nutqni tanish qurilmangiz yoki brauzeringizning o‘z xizmati orqali bajariladi (Android’da — Google nutq xizmati, iPhone’da — Apple). Mashqdagi ovozingizni biz saqlamaymiz — faqat tanilgan matn bilan javobingiz tekshiriladi.

Chatga ovozli xabar yuborsangiz — u serverimizda saqlanadi va chat a’zolariga eshittiriladi.

Nima uchun ishlatamiz

  • Hisobingizni yuritish, darslarni ochish va progressingizni saqlash.
  • Premium obunani rasmiylashtirish va tekshirish.
  • Eslatmalar: Telegram, push va email orqali dars eslatmalari va obuna haqida xabarlar. Ularni istalgan payt o‘chirsa bo‘ladi: Telegram’da /stop, ilova sozlamalarida push, email xat ostidagi havola.
  • AI suhbatdosh va TalkTown AI javoblarini tayyorlash.
  • Chat xavfsizligi: spam va qoidabuzarlikni aniqlash, shikoyatlarni ko‘rib chiqish. Shu maqsadda TalkTown administratorlari guruh va ikki kishilik sherik chatlaridagi xabarlarni ko‘rishi mumkin (ular u yerda yozmaydi).
  • Saytni va kurslarni yaxshilash (umumlashgan statistika).

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun boshqalarga bermaymiz. Ilovada reklama yo‘q.

Kimlar bilan ulashiladi

  • Google va Telegram — kirish uchun (siz tanlagan usul).
  • Multicard, Click va Payme — to‘lov uchun.
  • Anthropic (Claude) — AI suhbatdosh va TalkTown AI javoblari uchun xabar matnlari yuboriladi.
  • Telegram — bot orqali eslatma va xabarlar.
  • Expo (Android/iOS push xizmati orqali) — ilova push-bildirishnomalari uchun.
  • Yandex — sayt statistikasi (Metrika).
  • Chat va gaplashish sherigi: yozgan xabarlaringiz, ismingiz va rasmingizni shu chat a’zolari ko‘radi; sherik ro‘yxatida kursdoshlaringiz ismingiz va o‘qish statistikangizni ko‘radi (profilda ro‘yxatdan chiqib ketish mumkin).
  • Qonun talab qilganda — vakolatli davlat organlariga.

Qancha saqlanadi

Hisobingiz bor ekan — ma’lumotlar saqlanadi. Hisobni o‘chirsangiz, shaxsiy ma’lumotlar va o‘qish tarixi darhol o‘chadi. To‘lov va obuna yozuvlari buxgalteriya hisobi uchun qonunda belgilangan muddat saqlanadi — ism va emailsiz.

Hisobni o‘chirish

Mobil ilovada: Profil → «Hisobni o‘chirish». Saytda: talktown.uz/hisobni-ochirish. Kira olmasangiz — @TalkTownAppBot ga yozing.

Xavfsizlik

Ma’lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Dars videolari va ovozli xabarlar faqat ruxsati bor foydalanuvchiga ochiladigan vaqtinchalik havolalar orqali beriladi. Kirish sessiyasi ilovada qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlanadi.

Bolalar

TalkTown 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma’lumot to‘plamaydi.

O‘zgarishlar va aloqa

Siyosat o‘zgarsa — shu sahifada yangilanadi va sanasi o‘zgaradi. Savollar va so‘rovlar uchun: Telegram @TalkTownAppBot.

Hisobni o‘chirish