Dam olish kunlarini aytib berish: «What did you do at the weekend?», «I watched a film». Yanvar oxiri, Londonda ikkinchi semestr boshlandi. Dushanba kuni ertalab Missis Parker nonushtada Jasurdan dam olish kunlari haqida so‘raydi: shanba kuni tushdan keyin u katta muzeyga borgan, yakshanba kuni uyda film ko‘rgan, kechqurun esa do‘stlariga palov pishirgan. Shu payt Emma tushib keladi: palov?! Uni nega chaqirishmadi? Jasur eshigini taqillatgan, lekin Emma javob bermagan: u shanba kuni kafeda ishlagan, yakshanba kuni esa uydan chiqmay, kun bo‘yi rasm chizgan.